• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

SERPENTINIT MINERALINING TARKIBI VA XUSUSIYATLARI, UNI TUPROQ UNUMDORLIGIGA TA’SIRI

Shodiqulov J.M.

Article Info

Abstract

Serpentinit mineralidan tuproq unumdorligini oshirish maqsadida foydalanish imkoniyatlarini o’rganish natijalari keltirilgan va undan foydalanish miqyosini kengaytirish yo’llari taklif etiladi. 2023 yilda Navoiy viloyati hududida kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlar maydoni 9,8 ming gektarni (mintaqaning 9,6 foizini) tashkil etadi va qishloq xo’jaligi yerlarida tuproqlarning kislotaliligi (turli darajada) aniqlangan. Ayniqsa, sug’oriladigan yerlar tahlil qilinganda, o’g’itlardan foydalanish tufayli tuproqning kislotaliligi oshishi kuzatildi. Mavjud shaklda maydalangan serpentinitni kislotali tuproqlarda (pHH2O < 5,8) qo’llash maqsadga muvofiqligi aniqlandi; kaltsiyni o’z ichiga olgan moddalar (dolomit) bilan aralashtirilganda, neytral tuproqlarga (pHH2O 5,4 -7,0) foydalanish imkoniyati kengayadi, fosfogips qo’shilishi bilan barcha turdagi tuproqlarda (pHH2O 2,3-4,6) o’g’it sifatida serpentinitdan foydalanish tavsiya etiladi.