• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

POLIURETAN CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASHDA PLASTIFIKATORLARNING TA’SIRINI TADQIQ QILISH

Shodiyev A.F

Article Info

Abstract

Ushbu maqolada 4,4-metilendifenildiizosiyanat asosli poliuretan chiqindilarini termokimyoviy qayta ishlash jarayonida oquvchanlik xossalarini oshirishda turli plastifikatorlar tadbiq etilgan. Tadqiqot uchun namunaning umumiy massasiga nisbatan 0,5; 1,0; 1,5; 2,0% larda glitserin hamda xuddi
shuncha miqdorda adipin kislotasining etilenglikol efiri plastifikator sifatida qo‘llanildi. Plastifikatsiyalash 100– 105°C haroratda 40–60 minut davomida olib borildi. Jarayon davomida suyuqlanma massasining 5; 10; 15; 20% miqdorida 4,4-metilendifenildiizosiyanat oligomeri qo‘shilib, 3–4 minut davomida gomogen holatga o‘tgunicha aralashtirildi. Gomogen suyuqlanma maxsus qolip(o‘zak)larga quyilib, 90–95°C haroratli pechlarda 24dan-36 soatgacha vaqt davomida termik ishlov berildi. Natijada glitserin va adipin kislotasining etilenglikol  efiri yordamida plastifikatsiyalash poliuretan suyuqlanmasining oquvchanlik xossasini sezilarli darajada yaxshilanishi aniqlandi.