Article Info
Abstract
Ushbu maqolada belgilangan hududlarda obyektlarni maqsadli kuzatish va boshqarishning matematik asoslari ishlab chiqilgan. Nufuzli jurnaldagi tegishli shlarni tizimli tahlil natijasida
ularning aksariyati aniq predmet sohalaridagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, lekin barcha asosiy vazifalarni yagona matematik model ichida birlashtirgan tadqiqot mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida ishda kuzatish tizimining umumiy modeli taklif etiladi. Bunda kuzatish obyektlari, nazorat hududlari, kuzatish vositalari, vaqt va funksional operatorlarni yagona matematik framework ichida birlashtiradi. Xususan, 5 ta asosiy vazifalar (detection, embedding, matching, tracking va behavior analysis) formal matematik formulatsiya bilan tavsiflangan. Natijada vazifalarning konveyer sifatida integratsiyasi tahlil qilinib, xatolar tarqalishi muammosi formal ko‘rsatilgan, ya’ni 5 ta 95% aniqlikdagi operator birgalikda 77.4% aniqlik beradi. Qayta aloqa mexanizmlari va end-to-end optimallashtirish bu muammoni yumshatish yo‘llari sifatida taklif etilgan.
