• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

TIZIMIDAGI KOMPONENTLARNING ERUVCHANLIGINI O‘RGANISH NaClO3∙3CO(NH2)2 – CH3N(C2H5OH)2 – H2O

Turayev Q

Abstract

NaClO3∙3CO(NH2)2 – CH3N(C2H5OH)2 – H2O uch komponentli tizimi fizik-kimyoviy jihatdan
batafsil o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida ushbu tizim ikkilik tizimlarga ajratilib, ettita ichki kesma asosida tahlil qilindi. –77,2 dan 27,8 °C gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida politermal eruvchanlik ma’lumotlari olinib, tizimning politermal eruvchanlik diagrammasi tuzildi. Ushbu diagramma tizim komponentlarining haroratga bog‘liq holda eruvchanlik xatti-harakatini to‘liq aks ettirish imkonini berdi. Tuzilgan faza diagrammasi asosida muz, NaClO3∙3CO(NH2)2, CO(NH2) va CH3N(C2H5OH)2 ning kristallanish maydonlari aniqlandi hamda ularning o‘zaro chegaralari belgilandi. Olingan natijalarga ko‘ra, tizim oddiy evtonik tupga mansub ekanligi aniqlandi. Bu holat komponentlar o‘zaro kimyoviy ta’sirlashuvga kirishmasdan, har biri o‘z individualligini saqlab qolgan holda kristallanishini ko‘rsatadi. Shuningdek, har ikkala birikmaning suvdagi eruvchanligi yuqori bo‘lib, tizimda keng konsentratsiya oralig‘ida barqaror eritmalar hosil bo‘lishi kuzatildi