Article Info
Abstract
Maqolada Markaziy Qizilqum (MQ) fosforitlarini yuqori haroratda boyitishda yuvish jarayonlarida hosil bo’ladigan fosforit kukunidan (FK) ekstraksion fosfat kislota (EFK) yordamida faollashtirilgan fosforli o’g’it (FFO’) olish natijalari kеltirilgan. Tajribalar uchun 11,57% P2O5umum.; 1,33% P2O5 o’zl.; 41,08% CaO; 0,61% MgO; 20,91% CO2; 1,84% Al2O3; 1,48% Fe2O3; 0,46% SO3; 1,52% F; CaO:P2O5 – 3,55 va 14,09% erimaydigan qoldiqli tarkibga ega bo’lgan FKdan foydalanilgan. EFK eritmalarini mе’yorlari va konsеntrasiyalarini olingan o’g’itlarni sifat va miqdor ko’rsatgichlariga ta’siri o’rganilgan hamda EFKlarning maqbul konsеntrasiyalari va mе’yorlari aniqlangan. Maqbul kattaliklarda olingan FFO’ o’g’it namunalari quyidagi tarkibga ega (og’ir, %): P2O5umum. 30,74-31,52; P2O5o’zl.- 16,27- 18,29; P2O5s.e.- 4,45-5,31;CaOumum. – 28,91-30,12; CaOo’zl. – 15,96-17,30. Bunda olingan FFO’ lardagi P2O5 o’zl. va CaOo’zl. larning nisbiy o’zlashuvchanlik qiymatlari mos ravishda 52,99-58,02% va 53,49-59,02% ga tеng bo’ladi.