Article Info
Abstract
Bu ishda elastik muhitda joylashgan seysmik hududlardagi quvurlarni loyihalashning asosiy maqsadi zilzila zoʼriqishlariga bardosh beradigan, xavfsiz va tejamkor boʼlgan va shu bilan birga boshqa tabiiy va texnogen xavf-xatarlarga qarshi kurashda qoʼllaniladigan yechimlarga mos keladigan konstruktsion yechimlarni ishlab chiqishdir. Muammoning dolzarbligi yer qimirlashlari 8 balldan ortiq boʼlgan hududlarda quvurlarni loyihalash va qurish masalalarini aniq tartibga soluvchi hech qanday meʼyoriy hujjatlarning yoʼqligidadir Seysmik hududlarda magistral quvurlarning ishlashidagi jiddiy buzilishlar zilzilalar va kuchli portlashlar paytida dinamik taʼsirlardan kelib chiqadigan tuproqning tebranishlari va harakatlari natijasida yuzaga keladigan holatlar tahlil qilinadi