• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

TASHLANDIQ SHAXTALAR CHIQINDI SUVLARIDAN METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Mamaraximov S.K. Turdiev A. B. Mirzaraimov A.A.

Abstract

Suv turli sanoat, qishloq xo‘jaligi va aholiga xizmat ko‘rsatishda asosiy o‘rin tutadi. Suv ifloslanishining kuchayishi va toza suv taqchilligi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib, kelajakda bu resurs
tanqisligi yanada jiddiyroq bo’ladi. Turli sanoat korxonalarining oqava suvlarini tozalash eng muhim ekologik vazifalardan biridir. Kimyo, galvanik, metallurgiya va tog’-kon sanoati korxonalari suv havzalarini og’ir metallar bilan ifloslantiruvchi asosiy manbalardir. Tarkibida og’ir metallar bo’lgan oqava suvlarni tozalash texnologiyalari ko’plab sanoat ob’ektlari uchun suvni tozalash va suv aylanish tizimlarini yaratishga imkon beradi. Bunday oqava suvlarni tozalash jarayonlaridan bular ozonlash va ion flotatsiyasidir.