Article Info
Author(s) Umirov F.E., Pirnazarov F.G.
DOI 10.24412/2181-144X-2023-3-49-55
Abstract
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar unversiteti olimlari tomonidan Navoiy viloyatining Navbahor tumanida joylashgan Vaush konida dolomit minerali tarkibida saponit minerali mavjudligini kimyoviy va zamonaviy fizik-kimyoviy taxlil usullari bilan aniqlangan bo‘lib, ushbu mineralning kimyoviy va mineralogik tarkibi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki saponit minerali tarkibida kalsiy va magniy oksidi 20-23% ni tashkil etadi va ushbu saponit mineralini xlorid kislota bilan qayta ishlash jarayoni orkali magniy xlorid eritmasini ajratib olish va uni magniy xloratigacha o`tkazish bo`yicha olib borilgan tadq`iqotlar keltirilgan.