• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

QOVUSHQOQ – ELASTIK MUXITDAGI SFERIK QOBIQAGA GARMONIK BO‘LMAGAN TO‘LQIN DIFRAKSIYASI

Ishmamatov M.

Abstract

Bu ishda qovushqoq elastik muhit bilan kontaktda bo‘lgan silindrik qobiqaga nostatsionar
to‘lqin difraksiyasi paydo bo‘ladigan dinamik jarayonlar o‘rganilgan. Sferik nostatsionar to‘lqinlani sferik qobiqlardagi difraksiyasi, murakkab to‘lqin maydoni hosil qilinishi ko‘rsatib berilgan. Nostatsionar to‘lqinning qovushqoq – elastik muhitda joylashgan sferik qobiqa ta’siri chiziqli ko‘yilishda yechilgan. Makolada radiusi R bo‘lgan sferik qobiq berilgan bo‘lsa uning h qalinligi , ρ zichligi , Yung moduli E va Puasson koeffitsenti ν bo‘lgan qobiq olingan. Qobiq uchun polyar koordinatalarda (r,ϕ,θ) ifodalanadi, bu yerda φ— meridian burchagi, θ – azimutal burchak. Qovushqoq – elastik muhitdagi sferik jismga nostatsionar to‘lqinlar ta’siri masalasi yechilgan. Cheksiz qovushqoq – elastik muhitda qattiq deformatsiyalanuvchi sharsimon kobiq berilgan deb olingan. Bu paragrifga ikki turdagi vazifalar qo‘yiladi. Qovushqoq – elastik muhitdagi sferik deformatsiyalanuvchi jismga nostatsionar to‘lqinlar ta’siri masalasini qo‘yilishi , yechish metodikasi va sonli
natijalar olingan.