Article Info
Author(s) Rasulov A., Qirg`izova M., Tursunova S., G`apparov A., Zayliddinova F.
DOI 10.24412/2181-144X-2022-1-17-21
Abstract
Hozirgi kunda yuqori karbonatli Qizilqum fosforitlarini turli usullar yordamida qayta ishlab fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari yaratilgan. Ma’lumki sifatli fosforli o‘g‘itlar asosan fosfat xom ashyosini mineral kislotalar bilan parchalash asosida olinadi. Ammo, fosforitlarning kislotalar bilan parchalash jarayonida uning tarkibidagi keraksiz qo‘shimchalar – karbonat minerallari, uchlamchi oksidlar va boshqalar ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham texnologik samaradorligini kamaytiradi. Chunki, ularning aksariyati suyuq fazaga o‘tadi va uning fizik-kimyoviy va reologik xossalariga ta’sir qiladi.