• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

Polivinilxloridni reaksiya qilish jarayonidagi haroratni rostlashda PID rostlagichning o‘rni

Kadirov Yo.B., Маhmudov G’.B., Eshqobilov R.E.

Abstract

Maqolada polivinilxlorid (PVX) olish jarayonida muhim bo’lgan parametrlardan biri haroratni berilgan o‘rnatma oralig‘ida nazorat qilish dasturi yaratilgan. Bunda TIA Portal V15.1 dasturiy muhitida boshqaruvchi mantiqiy dasturi tuzilgan hamda signallarining o’zgarish grafigi olingan. Texnologik jarayon parametrlarini rostlash maqsadida PID rostlagichidan foydalanilgan. Bundan tashqari tizimning funksionalligi, texnik tavsiflari, apparat va qurilmalarning modeli qurilgan. Maqola jarayonda inson omilining ta’sirini kamaytirish va ishlab chiqarishda xavfsizlikni oshirishga qaratilgan, shuningdek, butun tizimning yuqori ishonchliligini ta’minlash uchun turli darajadagi apparatlarni boshqarishning asosiy tamoyillari keltirilgan.