• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

PARAMETRIK NOANIQLIK SHAROITIDA DINAMIK OBYEKTLARNI ADAPTIV-MODAL BOSHQARISH TIZIMLARI TAHLILI

Boyeva O.H. Axmadova M

Abstract

Adaptiv-modal boshqarish tizimlari parametrik noaniqlikka ega dinamik obyektlarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Bunday tizimlar o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olishi va parametrlarning noaniqligi tufayli yuzaga keladigan xatoliklarni minimallashtirish imkonini beradi. Ushbu maqolada, parametrik noaniqlikka ega dinamik obyektlarni adaptiv-modal boshqarishning muntazam sintezlash algoritmlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy asoslar tahlil qilinadi. Algoritmlar dinamik tizimlarning modellari va ularning boshqarish parametrlari orasidagi munosabatlarni o‘rganishga asoslanadi. Parametrlarni real vaqt rejimida aniqlab, boshqarish qonunlarini moslashtiradi, shu bilan tizimning barqarorligini va ishlash samaradorligini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari, texnologik jarayonlar, robototexnika va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari kabi turli sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yuqori aniqlikdagi boshqarish algoritmlarini ishlab chiqishga yordam beradi. Buning natijasida, parametrik noaniqlik sharoitida ishlashni talab qiladigan tizimlar uchun ishonchli va moslashuvchan boshqarish yechimlari taklif etiladi.