Article Info
Author(s) Xasanov A.S., Ostonov Sh.Q., Axtamov F.E., Bektamishov Q.G‘., Ikromov A.M.
DOI 10.24412/2181-144X-2024-2-40-43
Abstract
Maqolada sulfat kislota ishlab chiqarish zavodi chiqindilari tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish jarayonlarini o`rganish natijalari keltirilgan bo`lib, qimmatbaho komponentlarni ajratib olish uchun sulfat va xlorid kislotalarining eritmasida tanlab eritilgan. Tanlab eritishni agitatsion va perkolyatsion usullardan foydalanib amalga oshirilgan. Tanlab eritishdan hosil bo‘lgan kek namunalarini xlorli suvda eritish orqali qimmatbaho komponentlar eritmaga o‘tkazilgan. Tanlab eritish jarayoni suvda eridan xlor va eritma orqali xlor gazini o‘tkazish bilan olib borilgan hamda tanlab eritish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilgan.