Article Info
Abstract
Ushbu maqolada qoidaga asoslangan nomlangan ob’ektni tanib olish (Named Entity Recognation-NER) asoslari va mavjud usullari qiyosiy tahlil qilingan va qoidaga asoslangan NER ning avzalliklari keltirib o’tilgan. Xususan, NER yordamida matndan miqdor ko’rsatkichlarni ajratib olish masalasi muhokama qilinadi. Qoidalarga asoslangan NER o’lchovlar, foizlar, pul birliklari kabi miqdorlarni aniqlash va chiqarish uchun ko’p qirrali va moslashtirilgan yondashuvni taklif etadi. Lingvistik qoidalar va kalit so’zlarni ishlab chiqish orqali soha mutaxassislari tizimni sohaning o’ziga xos xususiyatlariga moslashtirishi mumkin, bu esa miqdorni aniqlashda aniqlik va moslikni ta’minlaydi. Maqola natijasida o’zbek tilidagi matndan miqdorlarni qoidaga asoslangan NER orqali ajratib olish uchun bir nechta qoidalar taklif etilgan.