• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

MAʼLUMOTLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARIDA MAʼLUMOTLARNI NUSXALASH ALGORITMLARI

Alimjon Dadamuxamedov

Abstract

Ushbu ilmiy ish taqsimlangan maʼlumotlarni qayta ishlash tizimlarida replikatsiya algoritmlarini tahlil qilishga va ularni yanada samarali qilishga yoʻnaltirilgan. Tadqiqotda doimiy, tez-tez oʻzgaradigan va aralash replikatsiya usullari oʻrganilib, ularni takomillashtirish boʻyicha yangi yechimlar taklif etilgan. Replikatsiya algoritmlari zaxira nusxalarini boshqarish orqali tizimning barqarorligini taʼminlash, maʼlumotlarning yoʻqolishini oldini olish va ularni tezkor tiklash mexanizmini optimallashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tranzaksiya boshqaruvi jarayonlarini yanada ishonchli va moslashuvchan qilishga imkon beradi. Mazkur tadqiqot katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlaydigan zamonaviy texnologiyalar, jumladan, bulutli saqlash tizimlari va taqsimlangan platformalar uchun dolzarb ahamiyatga ega. Replikatsiya jarayonlarini avtomatlashtirish va resurslardan unumli foydalanish orqali tizim ishonchliligini sezilarli darajada oshirishga sharoit yaratadi.