• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

KUYINDINI KISLOTA VA ISHQOR YORDAMIDA ISHLOV BERIB, SORBSIYALI SIANLASH JARAYONLARINI TADQIQ QILISH

Xujakulov N.B.,Nasirova N.R., Axmedov Sh.Sh., Sharifov L.Z.

Abstract

Qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasining asosi sianlash jarayoni bo‘lib, qazib olinayotgan oltin tarkibli rudalarning 90% miqdori shu usulda yordamida ruda tarkibidan oltin va kumushni ajratib olinmoqda. Ammo, shunday turdagi “murakkab tarkibli” rudalar mavjudki, ularni sianlash umuman mumkin emas yoki metallarning ajratib olish darajasi pastligi bilan tavsiflanadi. Bunday misollar oltin qazib olish sanoatida deyarli barcha asosiy oltin va kumush ishlab chiqaruvchi mamlakatlar, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston shular jumlasidandir. Shunday qilib, oltin va kumushning murakkab tarkibli rudalar tarkibidan ajratib olishning samarali yo’llarini topish masalasi hech qanday hududiy chegara bilmaydi va uning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Quyida keltirilgan muammolarni yechimini topish maqsadida GMZ-3 misolida Kokpatas va Dagistau konlaridan murakkab oltin tarkibli rudalar tarkibidan oltinni va kumushni ajratib olish darajasini oshirish maqsadida tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki oltin va kumushning ajratib olish darajasi kuyindini sianlash jarayonidan oldin qo’shimcha kislotali va ishqorli qayta ishlash jarayonlarini amalga oshirish orqali erishish mumkin.