• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

HAVO ELEKTR TARMOQLARIDA 20 KV KUCHLANISHNI QO’LLASHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGINI ASOSLASH

Taslimov A.D., Raximov F.M.

Abstract

Ushbu maqola energiya infratuzilmasining zamonaviy muammolari sharoitida o‘rta kuchlanishli taqsimlash tarmoqlaridan foydalanishning texnik-iqtisodiy jihatlarini asoslashga bag‘ishlangan. Havo liniyalari va transformator podstansiyalari asosiy parametrlarining narx ko‘rsatkichlarining approksimatsiyalangan funksiyalari asosida ideallashtirilgan tarkiblar usulini qo‘llab o‘rta kuchlanishli elektr tarmog‘ida 20 kVli kuchlanishdan foydalanishni texnik-iqtisodiy asoslash amalga oshiriladi. Bunda funksiya ekstremumining koorrdinatalarini aniqlash uchun Logranjning noaniq ko‘paytuvchilari uchuli ishlatiladi. O‘rganish uchun kuchlanishi 10(6) kV bo‘lgan elektr energiyasini uzatish uchun mo‘jallangan elektr tarmog‘ining 12 ta uchastka varianti ko‘rib chiqilgan. Olingan natijalar asosida quyidagilar aniqlandi: 10 kVli havo liniyalarining kapital xarajatlari 20 kVli havo liniyalarnikiga qaraganda 1% oraliqda bo‘ladi;simning ma’lum kesim yuzasida 20 kVli
tarmoqning o‘tkazish qobiliyati 10 kVliga qaraganda 2 barobar yuqori;uzatilayotgan bir xil quvvatda quvvat va
elektr energiya isrofi 4 barobar kam; tarmoq parametrlarining barcha turdagi qiymatlarida tarmoqni 10 kVdan 20 kVga o‘tkazish maqsadga muvofiq.