Article Info
Abstract
Maqolada aralash tarkibli kumush saqlovchi rudalarni kompleks qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha olib borilgan laboratoriya tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi rudaning tarkibidagi kumushni dastlab gravitatsion usulda ajratish va gravitatsion boyitish chiqindilarini keyingi qayta ishlash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tajribalar markazdan qochma «Knelson» konsentratori yordamida turli yanchish darajalarida olib borildi. Yanchish darajasining kumushning gravitatsion boyitmaga o‘tishiga ta’siri o‘rganilib, bosqichma-bosqich yanchish va boyitish jarayonlarining samaradorligi baholandi. Gravitatsion boyitishdan keyin hosil bo‘lgan chiqindilarni sorbsion sianlash orqali qayta ishlash bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari kumushning gravitatsion boyitish va sorbsion sianlash jarayonlari mahsulotlari bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi. Olingan natijalar aralash tarkibli kumush saqlovchi rudalarni qayta ishlashda gravitatsion boyitish va keyingi gidrometallurgik jarayonlarni uyg‘unlashtirish imkoniyatini ko‘rsatadi.
