• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

MOBIL YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH QURILMASINING MATEMATIK MODELINI ISHLAB CHIQISH

Eshmurodov Z.O

Abstract

Mazkur maqolada quyosh energiyasi asosida ishlovchi mobil yomg‘irlatib sug‘orish
qurilmasining matematik modeli ishlab chiqilgan. Modelda elektr yuritma, nasos agregati, gidravlik tizim, quyosh panellari, akkumulyator batareyasi va avtomatik boshqaruv tizimining o‘zaro bog‘liqligi hisobga olingan. Qurilmaning harakat tezligi, suv sarfi, energiya iste’moli hamda boshqaruv parametrlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilingan. MATLAB/Simulink muhiti asosida ishlab chiqilgan model yordamida tizimning dinamik va energetik ko‘rsatkichlari baholangan. Tadqiqot natijalari mobil sug‘orish tizimining barqaror ishlashini, energiya samaradorligini va suv sarfini avtomatik boshqarish imkoniyatlarini tasdiqlaydi.