Article Info
Abstract
Zamonaviy sanoatlashuv va urbanizatsiya jarayonlari atmosferaga chiqariladigan zararli
gazlar miqdori hamda tarkibiy xilma-xilligini sezilarli darajada oshirib, inson salomatligi, ekologik muhit va iqlim tizimi barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maqolada sanoat korxonalaridan ajralib chiqadigan zararli gazlarning texnogen tarqalish jarayonlari, ularni belgilovchi asosiy fizik-mexanik omillar hamda mikroiqlim sharoitlarining ta’siri kompleks ravishda o‘rganilgan. Gazlarning atmosferada vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda tarqalishi konveksiya, diffuziya va turbulentlik jarayonlari orqali amalga oshadi. Ushbu jarayonlar havo oqimining xususiyatlari, harorat gradiyentlari, shamol tezligi va hududning tabiiy-geografik sharoitlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bilan birga, mikroiqlim omillari — binolar va inshootlar joylashuvi, yer yuzasi xususiyatlari hamda texnogen manbalarning konsentratsiyasi gazlar tarqalishini yanada murakkablashtiradi. Maqolada vertikal va gorizontal dispersiya jarayonlari modellashtirilib, ifloslanishning fazoviy taqsimlanishi va xavfli hududlarni aniqlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari atmosferada zararli moddalar tarqalish qonuniyatlarini chuqurroq anglashga, shuningdek, sanoat hududlarida ekologik monitoring tizimlarini takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi
