Article Info
Abstract
Tebinbuloq vermikulit mineralining mineralogik va kimiyoviy tarkibi, asosan kremniy oksidi, magniy va temir oksidlari koʻp ekanligi, asosan vermikulit- 10,6; piroksen-1,6; biotit-5; dala shpati-18,0; amfibol-20; montmorellonit-3,8; olivin-1,0; qo‘shimcha minerallar apatit, kalsiy, magnezit, asbest-5; kvars-38,1, xlorit, kalchedandan iborat bo‘lib, ular- 2,1% ni tashkil etishi aniqlangan. Vermikulit mineralining dastlabki holati mikroskopik, mass-spektroskopik, rentgen fazali, IQ-spektroskopik, differensial-termik tahlil usullari bilan oʻrganildi. Vermikulit mineralining oval shaklda, yumshoq, tarkibida mineral xom ashyo boʻlgan zaharli moddalar umuman yoʻqligi hamda ko`p sohalarda qo`llash mumkinligi aniqladi. Shuning uchun 500-700 °C haroratda vermikulit mineralini kuydirish, xlorid kislotaning bilan parchalash va magniy xloridini olish, shuningdek, magniy xloratni olish uchun natriy gipoxlorit ta’sir ettirish tadqiq qilindi.