• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

TOVUQ SUYAK CHIQINDILARI TARKIBIDAN GIDROKSIAPATIT OLISH USULLARINI TADQIQ QILISH

Babadjanov E.

Abstract

Ushbu maqolada xona haroratida tovuq suyagi chiqindilarini qayta ishlash va ulardan kalsiy
fosfat asosidagi materiallar, xususan, gidroksiapatit olish jarayonining dastlabki bosqichi sifatida ishqoriy
modifikatsiyalash jarayoni olib borildi. Bunda dastlabki xomashyo 100×150 mm o‘lchamdagi bo‘laklarga
maydalab uni turli konsentratsiyali 10;15;20; 25;30% li NaOH eritmalari yordamida ishqoriy ishlovdan
o‘tkazilgan. Ishqorlash suyakning organik tarkibiy qismlarini, jumladan, oqsil va kollagen tabiatli birikmalarni parchalash hamda mineral komponentlarning nisbiy ulushini oshirishga yordam berdi. Ishqorlash jarayoni yakunlangach, hosil bo‘lgan namunalar qoldiq ishqoriy komponentlarni bartaraf etish maqsadida yuvildi va keyingi texnologik bosqichlarga tayyorlandi. Namunalarning namligini kamaytirish hamda quritilgan mineral xomashyo olish uchun ular 100°C haroratli quritish pechida 2-3 soat davomida ushlab turildi namunalardagi mavjud namlikning bir qismini chiqarish, ularning massasini barqarorlashtirish uchun termik ishlov berildi. Ishqor konsentratsiyasining suyak mineral fazasi tarkibi, organik komponentlarning ajralish darajasi va hosil bo‘ladigan gidroksiapatitning xossalariga ta’siri aniqlandi.