Article Info
Abstract
Ushbu maqolada tashqi g‘alayonlar mavjudligi sharoitida chiziqli uzliksiz etalon modelli
adaptiv boshqarish tizimlarni sintez qilish masalalarini ko‘rib chiqiladi. Adaptiv boshqarish tizimlar real ishlab chiqarish jarayonlarida shu bilan birgalikda noma’lum tashqi g‘alayonlarga alohida etibor qaratiladi. Boshqarish tizimining ishonchliligi va moslashuvchanligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada invariant ellipsoid hamda chiziqli matritsali tengsizliklar nazariyasiga asoslangan bo‘lib bu samarali usullardan biri hisoblanadi, shuningdek etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarini ishlab chiqish uchun Lyapunovning kvadratik funksiyalaridan foydalanilgan holda boshqarish algoritimlari sintez qilinadi. Taklif etilgan yondoshuv tashqi g‘alayonlarini samarali kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan adaptiv boshqarish algoritmlarini ishlab chiqish va boshqarish tizimlarini optimallashtirishga qaratilgan.
