• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

QORAMOL GO‘NGI ASOSIDAGI KOMPOSTLARDA SUT ZARDOBINING AZOT VA ORGANIK MODDALAR YO‘QOTILISHIGA TA’SIRI

Taxirova N.B

Article Info

Abstract

Ushbu tadqiqotda qoramol go‘ngi asosidagi kompostlarga sut zardobining turli miqdorlarda (0; 0,5; 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; 3,5; 4,0; 4,5; 5,0; 5,5 va 6,0 kg/100 kg go‘ng) qo‘shilishining 90 kunlik kompostlash jarayonida azot va organik moddalar yo‘qotilishiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot sut zardobining kompost muhitini kislotalashtirish orqali ammiak gazi hosil bo‘lishini samarali cheklashi va azotning saqlanishini yaxshilashini ko‘rsatdi. Olingan natijalar chorvachilik va sut sanoati chiqindilarini qayta ishlash, sifatli organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish hamda ammiak chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin