Article Info
Abstract
Ushbu ishda aktiv filtrli chastotali o‘zgartirgich – asinxron motor – nasos – xavza (AFChO‘–
AM–N–X) tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotda aktiv filtrli chastota o‘zgartirgich
asinxron motor va nasos tizimidagi energiya samaradorligini oshirish hamda tizimning barqaror ishlashini
ta’minlovchi boshqaruv algoritmlarini takomillashtirishdan iborat. Modelda chastotali o‘zgartirgichning
chiqish toki va kuchlanishining o‘zgaruvchan komponentlari, aktiv filtrning garmoniklarni kompensatsiya
qilishdagi roli, asinxron motorning elektromagnit jarayonlari hamda nasosning gidravlik xarakteristikasi
inobatga olingan. Shuningdek, xavzadagi suyuqlik sathi va bosim dinamikasini tavsiflovchi differensial
tenglamalar tizimi bilan integratsiyalangan holda kompleks matematik model qurilgan. Tizimning har bir
bo‘g‘ini uchun fizik jarayonlar asosida linearlashtirilgan va nolinear ifodalar shakllantirildi, ular
Matlab/Simulink muhiti yordamida modellashtirildi. Natijada, aktiv filtrning mavjudligi elektr tarmoqqa
qaytuvchi reaktiv quvvatni kamaytirishi, motor momentining tebranishlarini pasaytirishi hamda nasosning
silliq ishga tushishini ta’minlashi isbotlandi. Tadqiqot natijalarini respublikaning barcha irrigatsiya
tizimlarida va energetika yo‘nalishidagi nasos stansiyalarida avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarni
loyihalashda qo‘llash ahamiyatli hisoblanadi.
