Article Info
Abstract
Mazkur maqolada Xondiza koni polimetall ma’danlarini (Cu–Zn–Pb) flotatsiya usulida
qayta ishlashning ilmiy-texnologik asoslari tadqiq etildi. Ma’danlarning murakkab mineralogik tarkibi va
polimineral tuzilishi selektiv ajratish jarayonlarida muayyan texnologik cheklovlarni yuzaga keltiradi. Tadqiqot
jarayonida galenit, sfalerit, xalkopirit va pirit minerallarining flotatsiya xususiyatlari, shuningdek ularning o‘zaro
ta’siri o‘rganildi. Bosqichli yanchish va kollektiv–selektiv flotatsiya sxemalarini qo‘llash asosida reagentlar
tarkibi, pH muhiti va flotatsiya sikllarining optimal parametrlari belgilandi. Tajriba natijalariga ko‘ra, rangli
metallarning ajratib olish darajasi sezilarli darajada oshib, boyitmalar sifati yaxshilandi. Olingan natijalar
Xondiza koni polimetall ma’danlarini sanoat sharoitida kompleks qayta ishlash va flotatsiya jarayonlarini
takomillashtirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega
