Article Info
Abstract
Maqolada yomg’irlatib sug’orish mashinasining tezligini neyrotarmoqli boshqarish orqali
modellashtirish natijalari keltirilgan. An’anaviy yondashuvlar, faqat texnik jarayonlar va ularning bog’liqliklarini
fizik modellashtirishga asoslangan yondashuvlar, ko’pincha samarali yechimlarni topishni qiyinlashtiradi. Taklif
etilgan yondashuv esa ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish modeliga, ya’ni tezlikni neyroboshqarish modeliga
asoslangan. Neyroboshqarish yomg’irlatib sug’orish texnikasini yanada samarali va optimal boshqarish
imkonini beradi. Ishda dumaloq harakat qiluvchi yomg’irlatib sug’orish mashinalarida suv taqsimlashning
energiya samaradorligini oshirish usullari, vositalari va nazariy asoslari keltirilgan. Yomg’irlatib sug’orish
mashinalarining energiya iste’moli tayanch aravachalarining elektr yuritmalari tomonidan iste’mol qilinadigan
quvvat hamda ularning ishlash vaqti bilan belgilanadi. Yomg’irlatib sug’orish mashinasi harakatlanishi
jarayonida ko’pincha uni siljitish uchun kamroq energiya talab etiladigan holatlar yuzaga keladi. Masalan,
relyefning yuqori nuqtasidan pastga qarab harakatlanishda energiya sarfi kamroq bo’ladi. Biroq elektr
yuritmalarini boshqarish tizimi faqat nominal ish rejimlari va iste’mol qilinadigan quvvatni hisobga oladi
