• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

YOYLI PO‘LAT ERITISH PECHI CHANGI VA UNI QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARINI O‘RGANISH

Samadov A.U., Jalolov B.A.

Abstract

Maqolada qora metallurgiya changlarining guruhlarga bo‘linishi, yoyli po‘lat eritish pechi changining hosil bo‘lishi, changning tarkibi, chang zarrachalarining dispersligi va o‘lchami, changning miqdori, respublikamizdagi yoyli po‘lat eritish pechi changi hosil bo‘luvchi korxonalar, changni utilizatsiya qilish va qayta ishlash imkoniyatlari o‘rganilgan. Yoyli po‘lat eritish pechi changi tarkibidagi temir ulushiga (40%dan kam) ko‘ra kambag‘al hisoblanishi, changni pirometallurgik va gidrometallurgik usullar orqali qayta ishlash hamda briketlash va changni qayta ishlash bo‘yicha dunyoda eng keng qo‘llaniluvchi velslash jarayonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari changlarni plazmali usulda qayta ishlash bo‘yicha Arcfume, Mintek, Tetronics, SKF, Scandust va Davy, Mannesman – Demag kompaniyalarining texnologiyalari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Tetronics firmasining yoyli po‘lat eritish pechi changini qayta ishlash texnologiyasi qo‘llaniluvchi davlatlar ham keltirilgan.