• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

MIS BOYITISH FABRIKASI CHIQINDILARIDAN TEMIRNI AJRATIB OLISH

Sirojov T.T.

Abstract

Maqolada boyitish fabrikasi chiqindilaridan temir metalini ajratib olish texnologiyasi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari taqdim etilgan. Bunga kо‘ra, boyitish fabrikalari chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha mahalliy hamda xorijiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida chiqindilar tarkibidan temir va uning birikmalarini ajratib olishning pirometallurgik va gidrometallurgik texnologiyalari о‘rganib chiqilib, ularning yutuq va kamchiliklari aniqlandi. Mis ishlab chiqarishda sulfidli mis-molibden rudalarini flotatsion boyitish davrida va temir rudalarini magnitli usulda boyitishdan so‘ng oksidlangan birikmalardan iborat katta miqdorda chiqindi hosil bo‘lishi aniqlandi. Bu chiqindilarni kimyoviy analizi uning tarkibida ko‘p miqdorda oksidlangan temir birikmalari borligini ko‘rsatdi.