Article Info
Abstract
Signalni generatsiya qilish va uning chastotaviy spektrini tahlil qilish muhim vazifadir. Turli xil texnik vositalar yordamida signallar shakllantiriladi va ularning chastotaviy spektrlari analiz qilinadi. Bu maqolada LabVIEW dasturiy ta’minoti orqali sinusoidal va boshqa shakllardagi signallarni generatsiya qilish va ular ustida chastotaviy tahlilni amalga oshirish jarayoni batafsil bayon etiladi. Shuningdek, maqolada signal generatsiyasining nazariy asoslari, uning amaliy qo‘llanilishi va chastotaviy spektrni tahlil qilish usullari haqida ham ma’lumot beriladi. Turli xil signallar, jumladan, uchburchak, to‘rtburchak va tishsimon signallarni generatsiya qilish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Ularning chastotaviy spektri qanday xususiyatlarga ega ekani va ularni qanday tahlil qilish mumkinligi muhokama qilinadi. Bundan tashqari, maqolada LabVIEW muhitida signal generatsiyasi va chastotaviy tahlilni amalga oshirishning amaliy jihatlari yoritiladi. Dasturiy ta’minot orqali signallarni yaratish, ularni modellashtirish va chastota spektrlarini aniqlash jarayonlari bosqichma-bosqich tushuntiriladi.
