• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

SULFATLI ERITMA TARKIBIDAN KADMIY VA NIKELNI RUX KUKUNI YORDAMIDA CHO ‘KTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI PARAMETRLARNI TADQIQ QILISH

Qarshiyev H.K., Xasanov A.S., Murashkeyevich S.M., Karshiboyev Sh.B.

Article Info

Author(s) Qarshiyev H.K., Xasanov A.S., Murashkeyevich S.M., Karshiboyev Sh.B.
DOI 10.24412/2181-1431-2024-4-47-56

Abstract

Kobalt ishlab chiqarish jarayonida kobaltli eritmani qo‘shimcha (Cd, Zn, Cu, Ni, Fe) lardan tozalash muhim ahamiyatga ega. Kobalt-nikelli kekni sulfat kislotada tanlab eritishdan so‘ng olingan eritmada kobaltdan tashqari yana bir qancha qimmatbaho metallar mavjud. Bular: kadmiy, rux, mis, nikel hamda temirlardir. Maqolada ushbu metallik eritmadan kadmiy hamda nikelni rux kukuni yordamida cho‘ktirib boy kadmiyli cho‘kma olish texnologiyasi keltirilgan. Shuningdek, sementatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi ya’ni rux kukunini zarra o‘lchami va sarfi, sementatsiya davomiyligi, harorat va eritmani aralashtirishlar soni kabi maqbul omillar aniqlangan. Tajriba sinov natijalariga ko‘ra, kadmiyni eritmadan cho‘ktirish uchun rux sarfi 2,3 g/l ni tashkil etib, bu zavoddagi rux kukuni sarfidan 24 % ga kamroqni tashkil etadi. Aniqlangan maqbul parametrlar: sementatsiya davomiyligi, harorat, eritmani pH muhiti hamda eritmani aralashtirishlar soni mos ravishda – 40 min, 40 oC, 3,5-4 va 200 ayl/min ga teng. Eritmadan kadmiy va nikelni tozlashning maksimal samarali o‘lchami < 50 mkmdan kichik bo’lishi aniqlangan.