Article Info
Abstract
Hozirgi kunda Respublikamizning eng yirik kimyo sanoati korxonalaridan bo’lgan “Navoiyazot” AJ tasarrufidagi tiomochevuna ishlab chiqarish 201-tsexidan katta miqdordagi texnologik eritma chiqidi sifatida oqava suvlari tarkibiga chiqarib yuborilmoqda. Bu texnologik eritma, asosan, ammoniy rodanid, rodanidli vodorod guanidin, tiomochevina va boshqa moddalardan iborat. Shu eritmani PVX bilan qayta ishlab undan qimmatbaho metallarni ajratib olish uchun selektiv ionitlar yaratish imkoniyati mavjud. Ushbu maqolada ishlab chiqarish korxonalarining asosiy maxsulotlarini birlashtirish va sanoat chiqindilaridan foydalanib qimmatbaho metallarni ajratish hamda oqava suvlarini tozlash muhokama qilinadi. Bu ishda PVX asosiy o’zak ya’ni tashuvchi modda hisoblanib, qimmatbaho metallarga selektiv bo’lgan sorbentlar yaratish, shuningdek, zararli chiqindi mahsulotlarni maqsadli yo’naltirish, qayta tiklash usullari va ekologik muammolarni yechish masalasiga ham alohida e’tibor berilgan. Tadqiqotlar natijasida asosliligi yuqori bo’lgan uchlamchi va to’rtlamchi aminlar saqlagan suv tozalovchi ionitlar sintezining kompleks texnologiyasi ishlab chiqildi