Article Info
Abstract
Dunyo bo’yicha texnogen chiqindilarning miqdori keskin oshib bormoqda va barcha mamlakatlar miqyosining yillik ulushi 25 mlrd. t ziyod boʼlib, shu jumladan kon-metallurgiya sanoati yer qaʼridan yiliga 10 milliard tonnadan ziyod miqdordagi foydali qazilmalarni qazib oladi, pirovardida 70 % rudaning tarkibidagi foydali komponentlar sanoat chiqindilari holida chiqindixonalarda yigʼiladi. Xomashyo resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish maqsadida ishlab chiqarishning eski chiqindilari tarkibidagi qimmatbaho komponentlar taqsimlanishi holatiga bagʼishlangan tadqiqot va ularni ajratib olishning iqtisodiy jihatdan samarali texnologiyalarini yaratish va bu texnologiyalarning maqsadga muvofiqligini baholash gidrometallurgiyaning dolzarb yoʼnalishlaridan hisoblanadi..