Article Info
Abstract
O’zbekiston respublikasi issiqlik elektr stansiyalarida hozirgi kunda o’rnatilgan quvvat 15,3 mln kvt soatdan oshgan. “O’zbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasiga qarashli quvvatning 97% foizi IES ulushiga, 3% gidroelektr stansiyalar olish manbalari, shundan 50% dan ortig’i bug’-gaz skilli issiqlik elektr stansiyalariga to’g’ri keladi. Energiyani asosiy ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalar ekalogik jihatdan yoqilg’i balansi hisobga olgan holda 85% gaz yoqilg’isida ishlaydi. Hozirda aholini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida yangi IES lar loyhalari ustida ish olib borilmoqda. Xususan Navoiy IESda Yaponiyaning nufuzli Mitsubishi kompaniyasi bilan umumiy quvvati 1300 Mwt bo’lgan ikkita 650 Mwtli bug’ gaz qurulmasi ustida ishlar olib borilmoqda. Issiqlik elektr stansiyalarida issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda qo’llaniladigan asosiy qurilma bu bug’ turbinasi hosiblanadi. Bug’ va gaz turbinalari samaradorligini oshirish, yoqilg’i sarfini kamaytirish, tabiatni zararli chiqindilardan himoyalash kabi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shu boisdan bug’ turbinalari ularning ish rejmlari o’rganish, samaradorligini oshirish, atrof muhitga zararni kamaytirishda yangi g’oyalar, fan texnika yutuqlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.