• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

RUXSATI CHEKLANGAN TARQOQ KOMPLEKSLARDA INTELLEKTUAL KUZATISH TIZIMLARINING KO’P DARAJALI ARXITEKTURA MODELI.

Nishanov A.H

Abstract

Ushbu maqolada ruxsati cheklangan tarqoq komplekslar – qamoqxona, harbiy baza, neft-gaz obyektlari kabi tarmoq izolyatsiyasi va avtonom ishlash talab qilinadigan obyektlar sinfi – uchun intellektual kuzatish tizimlarining ko’p darajali arxitekturasi ishlab chiqilgan. Taqsimlangan muhim infratuzilma (TMI) tushunchasi formal aniqlangan va uning beshta cheklovi (tarmoq izolyatsiyasi, avtonom ishlash, ierarhik kirish nazorati, fizik chidamlilik, huquqiy audit) shakllantirilib, cheklovlar vektori χ kiritilgan. Mavjud to’rtta arxitektura turi – markazlashtirilgan, mustaqil xizmatlar, hodisalarga asoslangan va ko’p darajali gibrid – TMI mezonlari bo’yicha qiyosiy tahlil qilingan. Tahlil natijasida beshta komponentli arxitektura ATMI = (E, T, M, K, Q) taklif etilgan: chekkaviy daraja (E), tumanli daraja (T), markaziy daraja (M), kirish nazorati moduli (K) va audit moduli (Q). Miqdoriy
baholash arxitekturaning 64 ms kechikish (talab: ≤100 ms), tarmoq yukini 800 marta kamaytirish va barcha oltita TMI mezonini qondirishini ko’rsatdi. Taklif etilayotgan arxitektura qamoqxona, harbiy baza va boshqa TMI turlari uchun intellektual kuzatish tizimlarini loyihalashda asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.