Article Info
Abstract
Ushbu maqolada ruda maydalash va tashish jarayonlarini samarali boshqarishda sun’iy
intellekt algoritmlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. An’anaviy boshqaruv
usullari ko‘plab texnologik parametrlarning o‘zgaruvchanligi va murakkabligi sababli optimal natijalarni
ta’minlamasligi mumkin. Shu bois maqolada neyron tarmoqlar, fuzzy-logika va genetik algoritmlar asosida
intellektual boshqaruv yondashuvlari ishlab chiqildi va ularning har biri alohida o‘rganildi. Neyron tarmoqlar
yordamida real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish va bashoratlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Fuzzylogika texnologiyasi noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishni soddalashtiradi va tizimning
moslashuvchanligini oshiradi. Genetik algoritmlar esa optimal parametrlarni tanlashda samarali natijalar
beradi. Tadqiqot natijalari ushbu algoritmlarning kombinatsiyalangan qo‘llanilishi orqali ruda maydalash va
tashish jarayonlarining barqarorligini, energiya sarfini kamaytirish va umumiy samaradorlikni oshirish
imkonini berishini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, ishlab chiqilgan model va algoritmlar asosida test
sinovlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularning amaliy joriy etilishi uchun tavsiyalar berilgan.
