• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

O‘ZBEKISTONDAGI QARICHSOY KONINING SHARQIY UCHASTKASIDA LEYKOKRATIK GRANITLARNI BOYITISH IMKONIYATLARI

Vafoyev A.B.

Article Info

Abstract

Maqolada leykokratik granitlarni boyitishning zamonaviy usullari, jumladan maydalash va
yanchish, shlamsizlantirish, magnitli saralash, flotatsiya usullari ko‘rib chiqilgan. Magnitli saralash temir
tarkibli aralashmalarni yo‘qotish va kvars-dala shpati konsentratining sifatini oshirishga xizmat qilishi,
flotatsiya usullari esa slyudalar va minerallarni tanlab ajratib olish imkonini berishi ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, leykokratik granitlarni mineral resurslardan kompleks foydalanishning istiqbolli obyekti
sifatida ko‘rib, boyitishning an’anaviy usullarini zamonaviy analitik va texnologik yechimlar bilan
birlashtirish xomashyo bazasini kupaytirishi va yer qa’ridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini
berishi o’rganildi.