Article Info
Author(s) Karimova Z., Oljayev D.
DOI DOI 10.24412/2181-1431-2025-4-24-27
Abstract
Ushbu maqolada o‘rik donagi po‘chog‘idan olingan faollashtirilgan ko‘mirning termal
xususiyatlari va uning sanoat oqova suvlarini tozalashdagi samaradorligi o‘rganildi. Termogravimetrik va
kalorimetrik tahlillar orqali materialning termal barqarorligi va parchalanish bosqichlari aniqlanib, faollashtirish
jarayoni uchun optimal sharoitlar belgilandi. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan tayyorlangan
faollashtirilgan ko‘mirning ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali sorbent sifatida foydalanish imkoniyatlarini
tasdiqladi.
