Article Info
Abstract
Natriy monokarbamid xlorat–rodanid dietanolammoniy-suv tizimining eruvchanligini o’rganish shuni ko’rsatdiki, tizimning politermik eruvchanlik diagrammasining yuzasi muz, natriy monokarbamid
xlorat, karbamid, natriy rodanid, ammoniy xlorat va rodanid dietanolammoniyning kristallanish maydonlaridan iborat. Bu maydonlar beshta qattiq fazaning birgalikda mavjud bo‛lgan to’rtta uchlamchi o’zgarmas nuqtasida birlashadi, ular uchun kristallanish harorati va muvozanatdagi eritmalaring tarkibi o’rnatildi. Politermik diagrammada natriy rodanid va ammoniy xloratning kristallanish maydonlari ushbu tizimning boshqa komponentlari maydonlariga qaraganda kichikroq qismni egallaydi. Natriy xlorat monokarbamid, rodanid dietanolam-moniy – suv tizimini o’rganish natijalari asosida, maqsadga muvofiq yangi defoliant olish uchun rodanid dietanolamoniyning natriy xlorat monokarbamidi eruvchanligiga ta’siri minimal kuzatiladigan komponentlar nisbatlari aniqlandi.
