• en
E-mail: sciencealgorithm@yandex.com

DATCHIK QURILMALARIDAN OLINGAN MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA NEYRON TARMOQLARINING MATEMATIK VA CNN ARXITEKTURA MODELLAR TAHLILI

Namozov N.N.

Abstract

Mazkur maqolada datchik qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda neyron tarmoqlarining matematik modellari va konvolyutsion neyron tarmoqlari (CNN) arxitekturasining tahlili amalga oshiriladi. Datchiklardan kelib tushadigan signallar tabiiy ravishda shovqinli va murakkab bo‘lib, ularni aniq qayta ishlash hamda tahlil qilish uchun ilg‘or sun’iy intellekt yondashuvlaridan foydalanish zarur. Tadqiqot davomida klassik matematik modellar bilan CNN arxitekturasining ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligi taqqoslanadi va ularning afzalliklari hamda cheklovlari muhokama qilinadi. Shuningdek, datchiklardan olingan real ma’lumotlar asosida sinov o‘tkazilib, neyron tarmoqlarning aniqlik va hisoblash samaradorligi bo‘yicha grafikli natijalari tahlil qilingan.