Article Info
Abstract
Atmosfera ifloslanishi zamonaviy sanoatlashgan jamiyatlarda eng dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Havo sifati monitoringi va uni prognozlash tizimlarini takomillashtirish inson salomatligini himoya qilish, ekologik xavflarni kamaytirish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada atmosfera ifloslanishini monitoring qilish jarayonida meteorologik ma’lumotlar, IoT sensorlari hamda mashinaviy o‘rganish algoritmlaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, meteorologik parametrlar va turli ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va prognozlash jarayonlari zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tahlil qilinib borilgan. Tadqiqot natijalari IoT sensorlari, meteorologik stansiyalar va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash havo sifati monitoringining aniqligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshganligi ko‘rib o‘tilgan
